Mingbuloq tumanida oʻrdakchilik rivojlanmoqda
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Bunda tumandagi fermer xoʻjaliklariga tabiiy imkoniyat — oʻz hududlaridan oqib oʻtgan zakan va zovurlar qoʻl kelyapti. Ularda oqayotgan sugʻorishga moʻljallangan suvlar oʻrdak va gʻozlar parvarishi uchun tayyor havza vazifasini oʻtaydi. Bu ishga birinchilardan boʻlib kirishgan “Oybek Diyor Tursunboyevlar“ xoʻjaligi shu joydan oʻtgan zovurning 500 metr uzunlikdagi qismining atrofini oʻrab, oʻrdakxona tashkil qildi. Ayni paytda 450 bosh parranda boqilyapti Dastlabki hisob-kitobga koʻra ulardan yiliga 60 ming donadan koʻproq tuxum va 2 tonnaga yaqin parhezbop goʻsht olinadi.
— Biz ham oʻrdakchilik boʻyicha loyihamizni amalga oshirishga kirishdik, — deydi “Ilhomjon Eshondadayevich” fermer xoʻjaligi rahbari I. Abdurahmonov. — Dehqonchilik qilayotgan yerlarimiz etagidan oqib oʻtgan zovurning 600 metrdan koʻproq qismi yangi tarmoq uchun havza boʻlib xizmat qiladi. Ming bosh oʻrdakni boquvga qoʻyyapmiz. Pirovard natija xoʻjaligimiz xazinasiga 100 million soʻmlikdan ortiq sof daromad sifatida kirib boradi.
Maʼlumot uchun, keyingi paytda Mingbuloq tumanida 1,7 ming kilometr zovurlar taʼmirlanib, ularning 505 kilometr qismida 1,4 ming tonna parranda goʻshti va 1,2 mln dona tuxum yetishtirish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda 32 ta fermer xoʻjaligi va 15 ta yakka tadbirkor tomonidan 50 ta oʻrdakxona tashkil etilib, 40 ming dona parranda parvarishlana boshlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring