“Mingbuloq” gazetasi – navbatdagi grant sohibi

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Mingbuloq tumanida chop etilayotgan “Mingbuloq” gazetasi oʻzining 70-yillik tarixi va anʼanalariga ega. Qoʻriq tuman ahlining kundalik axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan nashr jamoasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlar ijrosida ham faol.
Buni tahririyat Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy muhofaza va sogʻliqni saqlash, atrof-muhit va sanitar-gigiyenik holatni yaxshilash, taʼlim, madaniyat va sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi yoʻnalishlarda eʼlon qilingan davlat granti tanlovi gʻoliblari qatoridan oʻrin olganligi ham tasdiqlaydi.
— Bu galgi grant uchinchisi, — deydi gazeta muharriri Qosimjon Akbarov. — Bunga qadar “Ajdodlar jasorati — avlodlarga meros”, “Sogʻlom turmush tarzi — baxtli yashamoq farzi” deb nomlangan loyihalar boʻyicha ham gʻolib chiqib, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirgan edik.
Ayrim tuman gazetalari sanoqligina miqdorda bosilayotgan paytda bir martalik adadi uch ming uch yuz nusxadan ziyodni tashkil etayotgan “Mingbuloq”qa navbatdagi tanlovning 60 million soʻm mablagʻi ajratildi. “Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid, umrga zavol” mavzusida qatnashgan tahririyat yangi loyihani tuman huquqni muhofaza qilish idoralari hamda keng jamoatchilik ishtirokida toʻlaqonli bajarish uchun astoydil kirishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring