Ming yillik meros saqlab qolindi

15:15 13 Sentyabr 2023 Jamiyat
669 0

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Ushbu tadbirlar natijasida ming yillik tarixga ega boʻlgan koʻplab tarixiy yodgorliklar yoʻqolib ketish xavfidan saqlab qolinmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan IV-VIII asrlarga oid “Nomsiztepa-3» arxeologiya yodgorligini 9,6 m2 qismi fuqaro O.T. tomonidan oʻzboshimchalik bilan buzish harakatlari boshlangani aniqlanib, oʻz vaqtida toʻxtatib qolinishi natijasida ushbu tarixiy yodgorlikning 652 m2-maydoni saqlab qolindi.

Shu kabi, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan ilk oʻrta asrlarga oid “Qoʻshqoʻrgʻontepa” arxeologik yodgorligini 7,4 m2 tuproq qismi mahalliy fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda kesib olish harakatlari boshlangani aniqlanib, jinoiy qilmishlar oʻz vaqtida oldi olinishi natijasida ushbu obyektning 492 m2-maydoni saqlab qolindi.

Yodgorliklarga yetkazilgan jami 288 mln. soʻm zarar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?