Millionlab odamlar salomatligiga yangi tahdid xavf solmoqda
“Omega-3” yogʻ kislotalarining dunyo boʻyicha yetishmasligi odamlar salomatligi uchun jiddiy muammo boʻlib bormoqda. “Case Western Reserve” universiteti olimlari olib borgan tadqiqotda bu moddalar yurak, miya, koʻz hujayralari va umumiy organizm faoliyati uchun zarurligi taʼkidlangan.
“Omega-3” moddasi asosan baliq va oʻsimlik mahsulotlarida boʻladi. Inson organizmi uni mustaqil ravishda yetarli miqdorda ishlab chiqara olmaydi. Shu sababli “Omega-3” oziq-ovqat yoki parhez qoʻshimchalari orqali olinishi lozim.
Tadqiqot muallifi Timoti Chiyeselski hozirgi oziq-ovqat tizimi “Omega-3”ni yetarli va toza manbalardan taʼminlashda ojizlik qilayotganini, bu esa kelajakda yanada ogʻir holatlarga olib kelishi mumkinligini bildirdi.
Tadqiqotda aytilishicha, dunyo aholisining 85 foizi “Omega-3”ni yetarlicha isteʼmol qilmayapti. Bu holatga dengiz suvlari isib borayotgani, haddan tashqari baliq ovlanishi va suv ifloslanishi sabab boʻlmoqda. Bular “Omega-3” bilan boy mahsulotlarga kirish imkoniyatini cheklagan deyiladi.
Mutaxassislar “Omega-3” miqdorini koʻpaytirish, shuningdek, uning singishiga halaqit beruvchi “Omega-6” yogʻlarini kamaytirish zarurligini bildirishdi. Chunki bu yurak xastaligi, saraton va boshqa yalligʻlanish bilan bogʻliq kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.
Bugungi kunda zamonaviy sanoat mahsulotlarida “Omega-6” miqdori “Omega-3”dan 20 barobar koʻp. Ilgari bu moddalarning muvozanati saqlangan. Shuning uchun olimlar bu holat sogʻliq uchun xavf ekanini eslatib oʻtishdi.
“«Omega-3” tanqisligi shunchaki tibbiy masala emas, balki umumiy sogʻliq va atrof-muhit muammosidir», — deydi Chiyeselski. Mutaxassislar mazkur moddani isteʼmol qilishni koʻproq maslahatlar berishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring