Milliy Tibbiyot Markazida birinchi marotaba noyob rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Natija qanday bo`ldi?
Milliy Tibbiyot Markazida Oʻzbekistonda birinchi bor noyob rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu jarrohlik davomida chap kichik boldir suyagi (fibula) qon tomirlari bilan birga chap tirsak suyagidagi defektni toʻldirish uchun koʻchirib oʻtkazildi. Bu haqda Milliy tibbiyot markazi maʼlum qilgan.
Bemor Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi boʻlib, unga malakali ortoped jarrohlar quyidagi bosqichlardan iborat jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi. Birinchi navbatda, kichik boldir suyagi qon tomirlari bilan birga ehtiyotkorlik bilan olinib, uning hayotchanligi saqlab qolindi. Soʻngra, fibula suyagi chap tirsak suyagidagi defekt hududiga oʻrnatilib, plastinalar va vintlar yordamida osteosintez qilindi.
Amaliyot davomida tirsak arteriyasiga mikroxirurgik texnika yordamida anastomoz oʻrnatilib, qon aylanishi tiklandi. Shuningdek, bemorning tirsak funksiyasini tiklash maqsadida bukuvchi paylarning tenonizatsiyasi bajarildi. Ushbu kompleks jarayon bemorning normal harakat qobiliyatini tiklashga qaratildi.
Mazkur operatsiya tibbiy texnologiyalarning yuqori darajasi hamda Milliy Tibbiyot Markazi jarrohlarining professional tajribasi tufayli muvaffaqiyatli yakunlandi. Amaliyotdan keyin bemorning sogʻligi barqaror va reabilitatsiya jarayoni boshlangan. Bunday muvaffaqiyat Oʻzbekistonda yuqori texnologik jarrohlik imkoniyatlarining kengayib borayotganidan dalolatdir.
Milliy Tibbiyot Markazi oʻzining tibbiy xizmatlar sohasidagi yetakchi oʻrnini yana bir bor isbotladi. Ushbu muvaffaqiyat mamlakat tibbiyotining yangi pogʻonaga koʻtarilayotganini koʻrsatmoqda va bemorlar uchun yanada keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring