Milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilindi
2025-yil 27-30-dekabr kunlari Matematika, Kimyo va Geografiya fanlaridan boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilindi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Talabgorlar oʻz natijalarini “my.gov.uz” saytining “Mening arizalarim” boʻlimi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin boʻladi.
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan boʻlib, talabgorlarga toʻplagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
- 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
- 65 — 69,9 ball — A daraja;
- 60 — 64,9 ball — B+ daraja;
- 55 — 59,9 ball — B daraja;
- 50 — 54,9 ball — C+ daraja;
- 46 — 49,9 ball — C daraja.
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
- A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
- B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
- A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud oʻquvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
Sertifikatini yuklab oluvchi talabgorlar uchun muhim maʼlumot: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat matnida oʻzgartirish kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring