Milliy mahsulotlarimizni xalqaro meʼyorlar darajasiga olib chiqish — ustuvor vazifa
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti saʼy-harakatlari bilan joriy yilning shu kuniga qadar, davlat fondidagi umumiy standartlar 34585 tani tashkil etadi. Shundan, xalqaro standartlar 7955 ta(23 %)dan iborat. Bu haqda poytaxtimizda tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi.
Oʻtgan yarim yil mobaynida qabul qilingan xalqaro standartlar – 530 ta. Buning 315 tasi xalqaro standartlar (ISO, EN, IEC), 90 tasi xorijiy standartlar (GOST P, DIN), 87 tasi davlatlaro standartlar (GOST), 38 tasi davlat standartlari(Oʼz DSt)dir.
Taʼkidlash kerakki, tashkilot standartlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlovlarni maxsus jamgʻarma hisobidan toʻlab berilishi hisobiga bepul ekspertiza qilish yoʻlga qoʻyilgan.
2020-yil yanvar — may oylarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan 199 mln. soʻmlik 268 ta tashkilot standartlari va ularga oʻzgartirishlarni ekspertiza qilish bepul amalga oshirildi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab quvvatlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida, 300 ta tashkilot standartlari (Ts) oʻrniga yagona talablarni belgilovchi unifikatsiyalangan 10 ta Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti ishlab chiqildi, hozirgi kunda 609 tashkilot standarti oʻrniga 39 ta Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti ishlab chiqilmoqda.
Mahalliy sanoat korxonalarida Amerika materiallari sinovlari standartlari tashkilotining (ASTM) 12 mingdan ziyod standartlaridan foydalanishiga imkoniyat yaratildi. Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi standartlarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash boʻyicha Yevropa standartlashtirish tashkiloti bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bundan tashqari, Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasining (MEK), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiyot Komissiyasining (YEEK OON), davlatlararo (GOST) standartlarini, hamda xorijiy mamlakatlarning (Rossiya, Fransiya, Germaniya) milliy standartlarini qoʻllash imkoniyatlari yaratilgan.
Shu bilan birga, muzqaymoq mahsulotlariga belgilangan yaroqlilik muddatlarini uzaytirish maqsadida Oʼz DSt 961:2010 “Oʻzbekiston davlat standarti. Muzqaymoq. Texnikaviy shartlar” davlat standartiga, Oʼz DSt 2985:2015 “Tovuq yoki kurka terisi qoʻshilgan yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari. Texnikaviy shartlar” va Oʼz DSt 2986:2015 «Tovuq yoki kurka terisi qoʻshilgan, pishirilgan, sosiska va sardelka kolbasa mahsulotlari. Texnikaviy shartlar» davlat standartiga mahsulotlarni yaroqlilik muddatini oshirishga qaratilgan tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Bu esa oʻz navbatida mamlakatimizdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlarni raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshishiga olib keladi.
Pandemiya davrida xalqaro standartlar asosida tibbiyot niqoblari va himoya kiyimlariga tegishli davlat standartlari qabul qilinib amaliyotga kiritildi. Shuningdek, 72 ta tadbirkorlik subyektlariga tibbiyot niqoblari, himoya kiyimlari, antiseptik vositalar, dezinfeksiya vositalariga tegishli standartlar bepul taʼminlandi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring