Milliy harbiy merosni tizimli oʻrganish va ommalashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
2021-yil 1-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida harbiy ilm-fanni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qarorda buyuk ajdodlarimizning boy harbiy merosi, ularning boshqaruv va sarkardalik mahorati, umuman milliy harbiy sanʼat tarixini oʻrganish va ommalashtirish, harbiy sohadagi xalqaro, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka nisbatan xavf va tahdidlarni tizimli tahlil qilish, zamonaviy qurolli mojarolar xususiyatlarini tadqiq qilgan holda harbiy sanʼatni rivojlantirish hamda harbiy jamoalarda psixologik muhitni oʻrganish boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazishga oid vazifalar belgilangan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti tashkil etilib, unga qarashli markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Institut tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar va ilmiy tadbirlar haqida keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlariga maʼlumot berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy komunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Harbiy tadqiqotlar, harbiy merosni oʻrganish va takomillashtirish, harbiy tadqiqotlar institutida ilmiy maktab yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan» matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanida mudofaa vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi polkovnik Otabek Yuldashev, Institutning Harbiy xavfsizlik muammolarini tadqiq qilish markazi boshligʻi polkovnik Azizjon Toirov, markaz boshligʻi polkovnik Xusanali Pardayev, tarix fanlari nomzodi, dotsent, katta ilmiy xodim Azada Raxmatullayeva spiker sifatida Respublika axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalari vakillarining mavzuga oid masalalari boʻyicha savollariga javob berdilar.
Maʼlumot uchun, hozirga kelib mazkur Institut tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha tajribali mutaxasisslar bilan butlangan. Institut faoliyati davrida tadqiqotchilar tomonidan bir qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, soha yoʻnalishi boʻyicha nufuzli milliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalari va tadqiqot markazlari bilan memorandumlar imzolandi va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Institut bazasida Idoralararo ishchi guruhi tuzilgan boʻlib, ushbu guruh tomonidan milliy harbiy merosni tizimli oʻrganish va ommalashtirish Konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida respublikamizda milliy meros yoʻnalishida ilmiy maktab va ilmiy markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Institut ilmiy xodimlari tomonidan hozirgi kunga qadar (2021-yil dekabr – 2023-yil iyul) Nizom va Konsepsiya loyihalari, turli monografiyalar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darsliklar, risolalar, ilmiy jurnallar va tahliliy toʻplamlar ishlab chiqilib, qoʻshinlar faoliyati hamda OHTMlarining oʻquv-ilmiy va tarbiyaviy jarayonlariga tatbiq etilmoqda.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring