Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti etib qayta tashkil qilindi
“Ichki ishlar organlarining qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–360-son, 28.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti etib qayta tashkil etilgan.
Qarorga koʻra, Departament va uning boʻlinmalari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi, jumladan:
- shartnoma asosida davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlar, taʼlim muassasalari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, savdo, xizmat koʻrsatish, koʻngilochar va qurilish obyektlarini zamonaviy usullar orqali qoʻriqlash;
- qoʻriqlanayotgan obyektlarda ichki tartib va nazorat oʻtkazish rejimlarini taʼminlash;
- qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan qoʻriqlovga olingan banklar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy hokimliklar va boshqa obyektlarning fuqarolar kirish va chiqish joylariga bosqichma-bosqich shaxsning yuzini tanib olish imkoniyatiga ega texnik vositalar oʻrnatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring