O‘zbekistonning davlat qarzi 29,2 mlrd dollarga yetdi

16:05 30 Mart 2023 Iqtisodiyot
931 0

Illyustrativ foto

2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi 29,2 mlrd AQSH dollari yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi, deb yozmoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich sanaladi. 

Davlat qarzi 2022 yil uchinchi choragiga nisbatan 3,1 mlrd dollarga ko‘paygan. Uch oy ichida davlat qarzining YAIMga nisbatan ulushi ham 2,3 foizga oshgan. 

2021 yildan beri davlat qarzining YAIMga nisbatan barqarorlashgani kuzatilayotgan edi. Biroq, 2022 yilning so‘nggi choragida bu tendensiya yakunlandi.

Shuningdek, 2022 yilda O‘zbekiston davlat qarzi 2021 yilga nisbatan 2,9 mlrd dollarga ko‘paydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер