Mixail Mushustinga Rossiyada yangi vazirlik tashkil etish taklifi berildi
Samaradorlik vazirligi yoki Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazirligini tashkil etilishi mumkin. Bu byudjet xarajatlarini optimallashtirish boʻyicha samarali chora sifatida koʻrilmoqda.
Rossiyada samaradorlik vazirligi yoki davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazirligini tashkil etish taklif etildi. Bu haqda “Izvestiya” gazetasi “Avanti” ishbilarmonlik vatanparvarligini rivojlantirish boʻyicha tadbirkorlar assotsiatsiyasi rahbari Rahmon Yansukov Rossiya bosh vaziri Mixail Mushustinga yoʻllagan xatga asoslanib xabar berdi.
Xatda taʼkidlanishicha, Rossiya iqtisodiyoti Gʻarb sanksiyalari bilan bogʻliq muammolarga toʻqnashmoqda. Federal davlat dasturlari va koʻplab ijtimoiy majburiyatlar tufayli mamlakat byudjeti bosim ostida. Bundan tashqari, ayrim amaldorlar isrofgarchilikka yoʻl qoʻymoqda. Shu bois byudjet xarajatlari samaradorligi birinchi darajali ahamiyatga ega.
Tadbirkorlarning fikricha, byudjet xarajatlarini optimallashtirishning eng maʼqul choralaridan biri maxsus federal ijro etuvchi organ — samaradorlik vazirligi yoki davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazirligini tashkil etishdir.
Yangi vazirlik davlat boshqaruv jarayonlarini soddalashtirish, qogʻozbozlikka qarshi kurashish, bir-birini takrorlovchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni oʻrganib ularni qisqartirish, federal agentliklarni qayta tuzish va xarajatlarni kamaytirish kabi vazifalarni bajaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring