Migratsiya agentligi Rossiyada faoliyat yuritayotgan oʻzbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarni ogohlantirdi
Migratsiya agentligi Rossiya Federatsiyasida faoliyat yuritayotgan oʻzbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar uchun muhim maʼlumotini eʼlon qildi. Bu haqida agentlikning Telegram-kanalida xabar berildi.
Unda aytilishicha, 2025-yil holatiga koʻra, Rossiyadagi xalqaro avtoyuk tashishlarning 25 foizga yaqini oʻzbekistonlik haydovchilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Biroq migratsiya qoidalariga amal qilmaslik oqibatida koʻplab fuqarolar Rossiya ichki ishlar organlarining “kirishi man etilgan shaxslar” roʻyxatiga tushib qolmoqda.
Eʼlon qilingan xabarnomada har bir yuk avtomobili haydovchisi quyidagilarga qatʼiy rioya qilishi soʻralgan, jumladan:
- Chegaradan oʻtish vaqtida migratsion kartani aniq va toʻgʻri toʻldirish (maqsad grafasida — “turizm” emas, “slujebnaya” yoki “tranzit”ni koʻrsatish).
- Rossiyaga kirgandan soʻng 15 ish kuni mobaynida migratsiya roʻyxatiga qoʻyilishi lozim → bu odatda qabul qiluvchi tashkilot yoki ish beruvchi zimmasida boʻladi.
- 90/365 muddatini doimiy ravishda nazorat qilish (yaʼni 365 kunlik davrda 90 kundan ortiq qolib ketmaslik);
- Transport vositasi buzilishi yoki boshqa fors-major holat yuz bersa — albatta rasmiy akt yoki dalolatnoma olish;
- Har bir harakat — faqat rasmiy hujjat bilan asoslangan boʻlishi kerak;
- Takroriy huquqbuzarliklar → 3–10-yil muddatga Rossiyaga kirish taqiqini keltirib chiqaradi.
Shuningdek, agar xato sodir boʻlgan boʻlsa darhol Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar organlari (GUVM MVD RF)ga yozma ariza bilan murojaat qilish, hujjatlar orqali safarning haqiqiy maqsadini isbotlash hamda agar “kirishi taqiqlanganlar” roʻyxatiga tushgan boʻlsangiz — apellyatsiya berish orqali roʻyxatdan chiqarishni talab qilish mumkin boʻladi.
“Muammoli holatlarda Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qiling. Murojaat uchun telefon +7 925 045 4744, manzil: Moskva, 1-y Kazachiy pereulok 11/2”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring