“MICE” turizmini rivojlantirishda Germaniyaning yirik kompaniyasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi
Madaniyat va turizm vazirligi va Germaniyaning “Messe Frankfurt” kompaniyasi rahbariyati ishtirokida Oʻzbekistonda “Micee” turizmini rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muloqot jarayonlarida Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari U.Azamov, “Messe Frankfurt” vitse-prezidenti Stephan Kurzawski, “BMCA” xolding direktori A.Malik hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Maʼlumot uchun, Germaniyaning “Messe Frankfurt” kompaniyasi xalqaro darajadagi koʻrgazmalar, kongresslar va tadbirlarni butun dunyo boʻylab tashkil etishda yetakchi tashkilotlaridan biri boʻlib, kompaniyaning bir qator mamlakatlarda 28 ta ofislari mavjud.
Uchrashuv davomida, tomonlar “Messe Frankfurt” va Madaniyat va turizm vazirligi turizm yoʻnalishidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston turizm bozoriga kirish, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashish yuzasidan muzokaralar olib borishdi. Shuningdek, Oʻzbekistonda “MICE” turizmni rivojlantirish maqsadida Xitoy va Yevropa mamlakatlari tajribasi boʻyicha oʻrganishlar tahlili muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar turizm sohasida oʻtkaziladigan kelgusi tadbirlarni hamkorlikda tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha kelishib olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring