Meʼyordan ortiq yuk bilan harakatlanayotgan yuk avtotransporti avtomobil yoʻllarimizning asl kushandalaridir — Kusherbayev

10:32 06 Sentyabr 2021 Jamiyat
846 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat Rasul Kusherbayev yoʻllarda ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalari bilan bogʻliq muammo haqida oʻz fikrini bildirdi:

«Agar yoʻllarimizni sifatli saqlash va byudjetni tejashni oʻylasak Hukumat mahalliy yoʻllarimiz koʻtara olmaydigan ogʻir yuk tashuvchi avtotransportlarning harakatlanishini cheklash masalasini jiddiy oʻylab koʻrishi kerak.

Bizga 1 soʻm soliq toʻlab, yoʻllarimizga 10 soʻmlik zarar keltirayotgan faoliyat kerakmi oʻzi?

Rasmda(5.09.2021y.) Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Qoʻshyogʻoch MFY hududidan oʻtuvchi M 34 avtomobil yoʻlida meʼyordan ortiq yuk bilan harakatlanayotgan yuk avtotransporti».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?