Metrologiya xizmatlari koʻrsatish: vujudga keladigan manfaatlar toʻqnashuviga barham beriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan «Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham qizgʻin muhokama qilindi.
Deputatlarning taʼkidlashicha, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning hududiy boʻlinmalari vakolatidagi metrologiya xizmatlarini koʻrsatish vakolati Oʻzbekiston milliy metrologiya institutiga berilayotgani natijasida davlat metrologiya nazorati va metrologiya xizmatlari koʻrsatishda vujudga keladigan manfaatlar toʻqnashuvi bartaraf etiladi.
Muhokamalar davomida deputatlar ushbu qonunning bugungi kundagi zarurati va dolzarbligini eʼtiborga olib, uni yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Qonun loyihasidagi ayrim normalar yuzasidan asosli savollar koʻtarildi.
Uzoq davom etgan savol-javoblar, bahs-munozaralardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring