Messi koʻzyosh bilan maydonni tark etgan oʻyinda Argentina chempion boʻldi

09:52 15 Iyul 2024 Sport
406 0

Foto: FoxNews

Bugun tongda «Copa America» musobaqasining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Finalda Argentina va Kolumbiya terma jamoalari oʻzaro bahs olib bordi.

Finalning 66-daqiqasida argentinalik futbol afsonasi Messi jarohat oldi va maydonni koʻzyoshlar bilan tark etdi.

Oʻyinning asosiy daqiqalarida hisob ochilmadi. Uchrashuvning 112-daqiqasida «Inter» hujumchisi Lautaro Martines Kolumbiya darvozasiga gol kiritdi va bu gol oʻyin taqdirini hal qildi.

«Copa America». Final.

Argentina — Kolumbiya 1:0

Gol: Lautaro Martines 112

Argentina – Martines, Montel, Romero, Martines, Talyafiko, Di Mariya, Mak Allister, De Pol, Fernandes, Messi, Alvares.

Kolumbiya – Vargas, Aryas, Sanches, Kuesta, Moxika, Xames, Lerma, Aryas, Rios, Dias, Kordoba.

Avvalroq “Yevro – 2024”da Ispaniya finalda Angliyani yutib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер