“Mercedesda” bir odamni boshini yegan ablahga ming la’nat”. Zulfiqor Musoqov Farangiz Rejametovaning vafoti yuzasidan munosabat bildirdi
Zulfiqor Musoqovning “Oyijon” filmi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova 20-iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgani haqida ma’lum qilingan edi.
Rejissor Zulfiqor Musoqov Farangiz Rejametovaning vafoti yuzasidan o‘zining Facebook’dagi sahifasida munosabat bildirdi.
Musibat va alam. Bir nechta filmlarda suratga tushgan aktrisa Fotima Rejametovani yoshgina qizi Farangiz (u “Oyijon” filmida esda qoldi) avtomashina g‘ildiraklari tagida halok bo‘ldi... Ota va onasiga sabr tilayman, bandalik... Alam? Ha, alam va g‘azab. O‘sha “Mersedesda” tezlikni oshirib yurgan va bir odamni boshini yegan ablahga ming la’nat. Bunaqa jinoyatchilarni ayab bitta odamni mashinasida o‘ldirgani uchun atigi 7 yil, ikkita va undan ortiq odam o‘lsa atigi 10 yil qamoq jazosini o‘ylab topgan qonunchilarga uyat. O‘lganga va uning yaqinlariga ularni jigari nimadan o‘lgani baribir: pichoqdanmi yoki g‘ildirakdanmi. Natija butun boshli bir inson yo‘q bo‘ldi. Agar haydovchi odam urib yuborsa, 25 yil hech qanaqa amnistiyasiz qamalishini bilsa, o‘shanda ming marotaba o‘ylab ko‘radi, tezlikni oshirishni, og‘ziga spirt ichimlikni olishni ham o‘ylab ko‘radi... Lekin qonunchilar piyoda yurishmaydi, ular yozda konditsionersiz avtobusda ham yurishmaydi, ularni hovlisidagi chinorlarni ham kesishmaydi, pensiyasini ham bir-ikki parcha qog‘oz deb yillab mehnatini kesishmaydi...
Zulfiqor Musoqov, rejissor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring