«Men Xudoning inoyati bilan oldingizda turibman» — Tramp suiqasd haqida soʻz ochdi
Foto: AP
Oxirgi bir hafta Amerika Qoʻshma Shtatlari siyosati ancha shov-shuvli oʻtdi. Ayniqsa, prezidentlikka nomzod Donald Trampga oʻz tarafdorlari oldida oʻq uzilishi keng muhokamalarga sabab boʻldi. Payshanba oqshomida sobiq prezident respublikachilar oldida 90 daqiqa nutq soʻzladi. Unda u suiqasd haqida gapirib oʻtdi.
Trampning aytishicha, u ilohiy aralashuvlar bilan tirik qolgan. Oʻsha vaqtda u immigratsiya haqidagi jadvalni koʻrish uchun boshini biroz burgan.
«Jadvalni koʻrish uchun men oʻng tarafga burila boshladim va bir oz koʻproq burilishni boshlashga tayyorlanayotgan edim, ammo buni qilmaganim uchun omadim kuldi. Qulogʻimga shivirlash ovoz eshitildi va nimadir qulogʻimga urildi. Bu faqat oʻq boʻlishi mumkin dedim. Men Xudoning inoyati bilan oldingizda turibman», deydi u.
Shuningdek, Tramp AQSHning amaldagi yetakchisi Jo Baydenni prezidentlar ichida eng yomoni ekanligini qoʻshimcha qilgan. Unga koʻra, Baydenning mamlakatga yetkazgan zararini tasavvur qilib boʻlmaydi.
Nutqida Donald Tramp janubiy chegara devorining qolgan qismini qurishga vaʼda berdi. Shu bilan birga u oziq-ovqat mahsulotlari 50, benzin 60-70 foiz, ipoteka stavkalari toʻrt baravar koʻtarilganini taʼkidladi.
Uningcha, inflyatsiya amerikalik saylovchilar uchun asosiy muammodir. Bayden 2021-yil yanvar oyida lavozimga kirishganidan beri narxlar jami 20 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring