“Men gʻolib” shiori ostida ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkazildi

18:38 09 Yanvar 2022 Sport
713 0

Joriy yilning 9-yanvar kuni Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan “Men gʻolib” shiori ostida 10 km.ga yugurish musobaqasi oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning tabrigini Turizm va sport vazirligi boshqarma boshligʻi Zarina Abdullayeva oʻqib eshittirdi.

Harbiy xizmatchilar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish yoʻlida ularni birlashtirish, yugurishni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada taʼlim muassasalari orasidan 6 ta jamoa (QK akademiyasi, Jamoatchilik xavfsizligi universiteti, IIV akademiyasi, DXX akademiyasi hamda FVV akademiyasi) musobaqalashdi. Jami 500 nafarga yaqin ishtirokchini qamrab olgan mazkur musobaqada umumiy hisobda 390 nafar kuchishlatar hamda taʼlim muassasalaridan vakillar qatnashishdi.

Yugurish musobaqasi “Xalqlar doʻstligi” saroyi maydonidan start oldi. Furqat, Beshyogʻoch, Islom Karimov hamda AmirTemur shoh koʻchasi boʻylab Amir Temur haykali aylanma yoʻliga yoʻnalish oldi. Shuningdek, xronometrajning nazorat nuqtasi shu yerdan orqaga qarab yoʻnalish oldi.

Har yili bir necha bor oʻtkaziladigan mazkur yugurish musobaqasida eng mahoratli atletlar, harbiy xizmatchilar saralab olindi.

Jumladan, quyidagi nominatsiyalar boʻyicha ishtirokchilar taqdirlandi:

Erkaklar oʻrtasida: 

Shohruh Davlatov — Absolyut – gender koʻrsatkichlari boʻyicha ajratilgan yugurish ishtirokchilari orasida;

Ayollar oʻrtasida:

Alima Hakimova — Absolyut – gender koʻrsatkichlari boʻyicha ajratilgan yugurish ishtirokchilari orasida;

Milliy gvardiya — Kuchishlatar tuzilmalar jamoalari oʻrtasida jamoaviy birinchilik;

IIV akademiyasi — Kuchishlatar tuzilmalar taʼlim muassasalari oʻrtasida jamoaviy birinchilik.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi sport klublarining havaskor yuguruvchilari, skadinavcha yurish va yugurish havaskorlar jamiyatlari vakillari ham yugurish musobaqasida ishtirok etishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер