“Men endi oʻzimni yolgʻiz his etmayman”
Ikki nafar farzandning onasi Malohat Allayorova moddiy jihatdan qiyin ahvolga tushdi. Bu hol u istiqomat qilayotgan Buxoro shahridagi Oybek mahallasi ijtimoiy xodimi Nargiza Enazarovaning eʼtiboridan chetda qolmadi.
Ijtimoiy xodim oilaning yashash sharoitini oʻrgandi. Maʼlum boʻlishicha, Malohatning bolalari hali yosh. Voyaga yetmagan. Shu sababli unda doimiy ish bilan shugʻullanish imkoni yoʻq. Pirovardida oilaning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi aniqlandi. Shu tariqa xonadon “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritildi.

Xoʻsh, bu M. Allayorovaning turmushida nimani oʻzgartirdi?
— Shundan soʻng davlatimiz tomonidan menga bir qator yordamlar koʻrsatildi, — deydi u. — Farzandlarim uchun bola nafaqasi olyapman. Ikkalasi ham maktabgacha taʼlim tashkilotiga imtiyozli tarzda joylashtirildi. Bolalarim tarbiyalanayotgan bogʻchaga ishga ham kirdim. Men endi qiyinchiliklar oldida oʻzimni yolgʻiz his etmayman.
Bu oilaga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zarur yordam koʻrsatilganini ham taʼkidlash lozim. Mahalla faollari va ijtimoiy xodimlarning saʼy-harakati natijasida bir ehtiyojmand ayol oʻziga tinch oilaning bekasiga aylandi.

Buxoro viloyati boʻyicha shu yilning 1-oktyabr holatida 29 743 ta xonadon “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan boʻlib, ularning ham ijtimoiy barqarorlikka erishishi uchun amaliy ishlar olib borilmoqda.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring