“Men barcha AQSH prezidentlaridan koʻp ish qildim” — Tramp prezidentlik davridagi birinchi oylariga baho berdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp prezidentlik davridagi ikki oy ichida AQSH yetakchilaridan ham koʻproq narsaga erishganini aytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp “Newsmax” nashriga bergan intervyusida hokimiyatdagi ikki oy davomida mamlakat tarixidagi boshqa Amerika prezidentlaridan koʻra koʻproq yutuqlarga erishganini aytdi.
“Bunchalik qisqa vaqt ichida hech kim bunchalik koʻp ish qilmagan. Ikki oy ichida men har qanday prezidentdan koʻproq ish qildim, deb oʻylayman”, — deydi Tramp.
Shu munosabat bilan AQSH rahbari davlat iqtisodiyotiga turli kompaniyalar tomonidan sarmoya jalb qilinganini taʼkidladi va shuningdek, yuzlab milliard dollarlik “firibgarlik”lar aniqlanganiga eʼtibor qaratdi.
Tramp, shuningdek, sobiq AQSH prezidenti Jo Bayden va uning maʼmuriyatini kechirishga harakat qilayotganini tan oldi, garchi u ularni “juda yomon” ishlar qilgan va korrupsiyalashgan deb hisoblasa ham.
Donald Tramp 2025-yil 20-yanvarda Oq uyga qaytib, AQSHning 47-prezidenti boʻldi. Tramp 2017-yildan 2021-yilgacha 45-prezident sifatida mamlakatni boshqargandi. Ikkinchi marta lavozimga kirishib, u oʻzidan oldingi Jo Baydenning barcha “ahmoqona” qarorlarini bekor qilishga, shuningdek, Ukrainadagi mojaroga barham berish va uchinchi jahon urushining oldini olishga vaʼda bergandi. Maʼlum qilinishicha, Tramp Bayden maʼmuriyati tomonidan qabul qilingan 78 ta buyruq va memorandumni bekor qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring