“Men 8-yil prezident boʻlaman”: Tramp prezidentlik muddati tugagach, Oq uyni tark etishini maʼlum qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining uchinchi muddatga saylanishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Tramp bu haqida “NBC News” nashriga bergan intervyusida toʻxtalib oʻtgan.
Taʼkidlanishicha, Tramp oʻzining ikkinchi prezidentlik muddati tugagach, Oq uyni tark etadi. U, shuningdek, 2028-yilgi prezidentlik saylovida Respublikachilar partiyasi nomidan amaldagi vitse-prezident Jey Di Vensni nomzod sifatida koʻrayotganini bildirgan.
“Men 8-yil prezident boʻlaman. Bu men uchun doim muhim boʻlib kelgan. Ajoyib toʻrt yilni yakunlab, Oq uyni tark etishni rejalashtiryapman. Keyingi prezidentlik saylovida esa Respublikachilar partiyasidan Jey Di Vensni nomzod sifatida koʻryapman. Vens biz boshlagan ishlarni munosib davom ettiradi. Bu haqida gapirishga hali erta, lekin men oʻzimning vitse-prezidentimga ishonaman, u juda yaxshi ish olib bormoqda”, — deydi Amerika yetakchisi.
Maʼlumot uchun, AQSH Konstitutsiyaning 22-tuzatishida hech kim prezidentlik lavozimiga ikki martadan ortiq saylanishi mumkin emasligi qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Ushbu cheklovni bekor qilish uchun Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritilishi kerak boʻladi, ammo bu juda qiyin boʻlib, palata va Senatning uchdan ikki qismi yoki shtatlar qonun chiqaruvchi organlarining uchdan ikki qismi ushbu taklifni qoʻllab quvvatlashi talab qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Qoʻshma Shtatlar Konstitutsiyasining 22-tuzatishi prezidentlarga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimni egallashni taqiqlasa-da, mazkur tuzatmadagi bir boʻshliq tufayli Tramp uchinchi, hatto toʻrtinchi muddatga ham prezident sifatida qolishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
AQSH Konstitutsiyasining 22-tuzatishidagi mavjud boʻshliq shuni koʻrsatadiki, prezident ikki martadan ortiq saylana olmasa ham, ular oʻz vakolatini vorislik orqali saqlab qolishlari mumkin boʻladi.
Mazkur holat huquqshunoslar va amaldagi davlat rahbari Donald Tramp tarafdorlari orasida eʼtiborni jalb qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring