MDH mamlakatlaridagi eng yirik prokat ekrani taqdim etildi
“Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali arafasida ommaviy tomoshabinlar uchun moʻljallangan MDH mamlakatlaridagi eng yirik DCP formatdagi prokat ekranining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimot Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligini nishonlash, shuningdek, boʻlajak kinofestival doirasida Oʻzbekiston kino kunlarining boshlanishi munosabati bilan oʻtkazildi.
Kelgan mehmonlar bu yilning eng kutilgan va tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozongan “Baron-2: Sogʻinch” filmini tomosha qilib, ovozlashtirish, tasvir sifati va toʻliqligini baholashga muvaffaq boʻlishdi va keng koʻlamli DSP ekranda oʻzining oʻlchamlari bilan taʼsirlantirdi.
– “Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar kinematografiya sohasida ham faol amalga oshirilmoqda. Oʻtgan yili Prezidentimiz tashabbusi bilan XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi boʻlib oʻtgan Kinochilar uyini qayta tikladik. Bu chinakam afsonaviy joy, u yerda bir paytlar soyali, keng miqyosli bogʻ gullab-yashnagan va u vaqt oʻtgani sari eskirib, boʻshab qolgan. Bugun biz ovoz va tasvirning toʻliqligini maksimal darajada yetkazib bera oladigan keng koʻlamli DSP ekranini taqdim etamiz. Kinochilar uyiga jami 5 ta ekran – bino ichida 4 ta DCP va 1 ta yozgi LED displey joylashtiriladi. Kinoteatr bir vaqtning oʻzida 1809 kishini sigʻdira oladi. Ertadan boshlab bu yerda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlangan bayramoldi namoyishlari boshlanadi. Kinoteatr yurtimiz aholisi va mehmonlar uchun ochiq boʻladi”, — dedi Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxalikov.
Masshtabli ekranning kengligi 29,5 metr va balandligi 14 metrni tashkil etadi.
— “Kinochilar uyida MDH mamlakatlaridagi eng katta prokat ekranini oʻrnatdik. Ekran turli ilovalar uchun ekran ishlab chiqarish texnologiyalari sohasida jahonda yetakchisi boʻlgan Fransiyaning Harkness Ssreens kompaniyasi tomonidan yaratilgan”, — deydi “Asia Cinema” vakili Suxrob Mahmudov.
Ochilish marosimi doirasida 14-21-avgust kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻtkazilgan “Kinokaravon” loyihasining eng faollari ham taqdirlandi.
— “Bu darajadagi tasvirni koʻrganimda, nihoyatda hursand boʻldim, chunki biz jahon kinematografiyasi bilan teng darajaga yetib keldik. Bunday kino har bir oʻzini hurmat qiladigan davlatda boʻlishi kerak edi. Taʼkidlanishicha, Kinochilar uyida yana bir nechta DCP ekranlari boʻladi. Bu juda katta yutuq. Ajoyib “Dolby atmos” tovushi, aniq va yorqin, kuchli proyeksiya paydo boʻldi”, - dedi taniqli rejissyor va ssenarist Rashid Malikov.
Shuningdek, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, 80 yoshni qarshilagan taniqli operator Abdurahim Ismoilovni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
— “Kinochilar uyi oʻzgartirildi. Mana bunday keng koʻlamli kinozal ochildi, bizning davrimizda bunga oʻxshash narsa yoʻq edi. Bugungi kun kino ijodkorlari oʻz filmlarini shunday ekranda namoyish etish imkoniga ega boʻlganidan juda hursandman. Hozir Oʻzbekiston kinosi jonlanishni boshidan kechirmoqda va u oʻz natijasini koʻrsatyapti. Buni biz his qilyapmiz, – deydi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, taniqli operator, kun qahramoni Abdurahim Ismoilov.
— “Men his qilgan tuygʻularni til bilan ifoda etib boʻlmaydi. Bugun oʻzbek kinematografiyasi rivojiga katta eʼtibor qaratilayotganidan, ulkan oʻzgarishlar roʻy berayotganidan hursandman. Oʻzbekiston Kinochilar uyi naqadar goʻzal koʻrinishga ega boʻldi. Bu hali boshlanishi ekanligiga shubham yoʻq!”, - deydi kinorejissyor Hilol Nasimov.
Yana bir muhim voqea – Oʻzbekiston kinosi kunlari doirasida Kinematografiya agentligi milliy davlat va tijorat telekanallari bilan shartnomalar imzolab, yangi oʻzbek filmlarini namoyish qila boshlaydi.
— “Bugun men uchun juda hayajonli kun. Yangilangan “Kinochilar uyi”ning ochilishi va “Baron-2: Sogʻinch” filmining premyerasi MDH mamlakatlaridagi eng katta DCP formatdagi ekranda. Bunday kinoteatrning yaratilishi kinematografiya sohasida muhim qadamdir. Bu katta gʻalaba. Aktyor sifatida ham, rejissyor sifatida ham bunday muhim kashfiyot meni juda ruhlantirdi, – deydi “Baron-2: Sogʻinch” filmining bosh rol ijrochisi Farhod Mahmudov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring