Mbappe va Ronaldu yangi rekordni oʻrnatdi

18:05 06 Iyun 2024 Sport
770 0

Foto: Reuters

Ispaniyaning «Real Madrid» klubi Kilian Mbappe transferini eʼlon qilgach, u oʻz «Instagram» sahifasiga bolalikda «Real» formasida Krishtianu Ronaldu bilan tushgan suratlarini joylab qoʻyidagi soʻzlarni yozdi: «Orzuim amalga oshdi. Niyat qilgan klubim aʼzosiga aylanganimdan juda faxrlanaman. Qanchalik baxtli ekanligimni tasvirlab berolmayman. Madridistlar, siz bilan tezroq uchrashishni xohlayman va meni qoʻllaganingiz uchun minnatdorman. Hala Madrid».

«Al-Nasr» va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu Fransiyalik isteʼdodli futbolchi Kilian Mbappening ushbu postiga «Tomosha qilish endi mening navbatim! «Santyago Bernabeu» («Real Madrid» stadioni)ni qanday yoritishingni koʻrishni sabrsizlik bilan kutyapman. Hala Madrid!», deya izoh qoldirdi.

Gap shundaki, Mbappening postiga bildirilgan ushbu izoh «Instagram» tarixidagi eng koʻp «Yoqtirish» (Like) reaksiyasini olgan kommentga aylandi. Ushbu izoh 4 million 800 mingga yaqin «Yoqtirish» va 92,5 ming javob sharhiga ega boʻldi.

Bundan oldingi rekord Rid Xarringtonning postida @fiven9nekid tomonidan sportchining Tailandga koʻchib oʻtishga va muaytay boʻyicha mashq qilishga chaqirigʻi 4 millionga yaqin «Like» toʻplagandi.

Bundan tashqari, Amerikalik aktrisa Zendayaning Tom Holland tugʻilgan kunidagi postiga «Hozir qoʻngʻiroq qilyapman» izohi 1,5 millionga yaqin «Yoqtirish»ga ega edi.

Krishtianu Ronalduning bildirgan izohlari doimo ommabop boʻlgan. Xususan, Ronalduning Ramosning postidagi «Te falta un cero para pillarme» («Menga yetib olish uchun sizga nol kerak») hazil izohi ham katta eʼtibor va «Like»larni (1,1 millionga yaqin) toʻplagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер