Mbappe «Yevro-2024»da terma jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin

16:09 18 Iyun 2024 Sport
408 0

Foto: UEFA

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Avstriyaga qarshi Yevropa chempionati guruh bosqichining birinchi uchrashuvida burnini sindirib oldi. Bu tibbiy ekspertizadan soʻng maʼlum boʻldi.

Avstriya bilan oʻyinning ikkinchi boʻlimi yakunida Kilian raqib himoyachisi Kevin Danso bilan toʻqnashib ketdi. Natijada Mbappening burni qonadi va qonni toʻxtatishga boʻlgan urinishlar besamar ketdi hamda u oʻyindan olindi.

Uchrashuvda Fransiya Maksimilian Vyoberning avtogoli evaziga gʻalaba qozondi.

Maʼlum qilinishicha, Fransiya terma jamoasi yetakchisiga jarrohlik amaliyoti kerak boʻlmaydi. Hujumchi Yevropa chempionati guruh bosqichining qolgan qismini oʻtkazib yuboradi va faqat pley-off bosqichida maydonga tushishi mumkin.

Fransiya guruh bosqichining 2-turida Niderlandiya, 3- turda esa Polsha bilan kuch sinashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер