“Matonat” filmi yana bir xalqaro kinofestivalda eʼtirof etildi
Shu yilning 3-7-oktyabr kunlari Belarus davlatining Minsk shahrida MDH mamlakatlarining “EVRAZIYA.DOC” VII hujjatli filmlar festivali boʻlib oʻtdi. Unda 12 ta davlatdan 32 ta film ishtirok etib, 4 nafari gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Ushbu festivalda rejissyor Shuhrat Mahmudov “Matonat” filmi uchun mukofotlandi.
“Matonat” filmi Agentlik va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan suratga olingan. Mazkur hujjatli film II jahon urushida qatnashgan 101 oʻzbekistonlik yurtdoshimiz haqida boʻlib, film urushda Gʻalabaga qoʻshgan hissasi hamda Gollandiyaning Amersfort shahrida joylashgan konslagerlarda halok boʻlgan oʻzbek askarlariga bagʻishlanadi.
Film ssenariy muallifi Roziqa Mergenbayeva, operatorlar Rifkat Ibragimov, Rustam Magadiyev, rassom Bektosh Rajabov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring