Mask Tramp bilan birga “SpaceX” Starship raketasini uchirdi
Dunyoning eng boy odami Ilon Mask oʻzining “SpaceX” raketasining oltinchi sinovini Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan prezidenti Donald Tramp bilan birga koʻrish uchun bordi.
“CNN” xabariga koʻra, Trampning ishtiroki Maskning Tramp orbitasidagi roli ortib borayotganining yana bir misolidir. Tramp 5-noyabrda boʻlib oʻtgan AQSH prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonganidan beri Mask Florida shtatidagi Palm-Bichdagi saylangan prezidentning Mar-a-Lago mulkida doimiy boʻlib kelgan.
U Trampga yangi maʼmuriyatga nomzodlar boʻyicha maslahat berdi va saylangan prezidentning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbatida ishtirok etgani maʼlum. Mask, shuningdek, oʻtgan chorshanba kuni Vashingtondagi Vakillar palatasining respublikachilar bilan uchrashuvi uchun Tramp bilan birga uchib ketdi va shanba kuni Nyu-Yorkdagi “Madiosn Square Garden”da boʻlib oʻtgan “Ultimate Fighting Championship”da birga boʻlgan.
Yaqinda Tramp Maskni siyosiy qoʻllab-quvvatlovi uchun mukofotladi va uni respublikachi Vivek Ramasvami bilan birga yangi tashkil etilgan Hukumat samaradorligi departamentiga hukumat xarajatlarini qisqartirish boʻyicha maslahat berish uchun tayinladi.
Maskning bizneslari uning Tramp bilan yaqin aloqalaridan shaxsan foyda olishi mumkin. Marsda koloniya qurishni oʻz oldiga maqsad qilgan SpaceX milliardlab dollarlik davlat shartnomalariga ega. U, shuningdek, Tesla elektromobillarida mavjud boʻlgan avtonom haydash bilan bogʻliq xavfsizlik muammolari boʻyicha AQSH federal regulyatorlari bilan kurash olib bordi.
Bu ikki shaxs har doim ham bunchalik yaqin boʻlmagan. Tramp oʻz nutqlarida Maskni masxara qilgan boʻlsa, milliarder Trampni prezidentlik uchun keksaligini aytgan. Ammo saylov oldidan Tramp suiqasddan omon qolganidan keyin vaziyat oʻzgardi. Mask Trampni qoʻllab-quvvatladi va Respublikachilarning saylovoldi tashviqotida asosiy shaxsga aylandi. Tramp esa saylovoldi tashviqoti paytida Maskning kosmik yutuqlari haqida gapira boshladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring