Mashhur yozuvchilarning mashhur boʻlmagan asarlari
Odatda, kitobxonlar qaysidir yozuvchining mashhur asarini mutolaa qilishni xush koʻrishadi. Biroq baʼzan oʻsha mualliflar butun dunyoda taniqli boʻlsada, ular qalamga olgan baʼzi asarlarning soyada qolganlari ham uchrab turadi. Shunday yozuvchilar va ularning asarlarini sizga tanishtirib oʻtamiz.
Mark TVEN. “Anqov Vilson”
Mark Tven bu asarni qarzlaridan qutulish ilinjida bir nafasda yozib tugatadi. Asar “Asr jurnali”da nashr etilishi bilanoq juda katta tanqidiy zarbalarga uchraydi.
Asarning koʻlami bir necha oʻn yilliklarni oʻz ichiga olgan. “Anqov Vilson”da yangi tugʻilgan chaqaloqlarni sotgan qullar borasida soʻz yuritiladi. Bunday mavzularga Mark Tven boshqa asarlarida ham koʻp marotaba murojaat qilgan.
Fyodor DOSTOYEVSKIY. “Oʻsmir”
Fyodor Dostoyevskiyning 1875-yilda, yozilgan onlaridayoq koʻplab tanqidlarga uchragan “Oʻsmir” asarining yozilganiga koʻp yillar boʻlgan boʻlsa ham, asar hali hamon tortishuvlarga sabab boʻlmoqda. Hatto baʼzi tanqidchilarning taʼkidlashicha, “Oʻsmir” yozuvchining adabiy meros roʻyxatidan chiqarilsa maqsadga muvofiq boʻladi. Biroq, bu asarning ham oʻziga xos muxlislari bor boʻlib, uning maʼno qaʼriga yetib borgan oʻquvchilar ham oz emas. Dostoyevskiy bu asarda ustalik bilan muhabbat izlayotgan va shahardan qochishni istagan oʻsmirning boshiga keladigan tashvishlar haqida soʻz yuritgan.
Kormak MAKKARTI. «Chegaraning narigi yogʻida»
Makkartinning “Chegara boʻylab” trilogiyasining ikkinchi qismi, koʻplarning fikriga qaraganda, birinchi qismidan juda kuchli. Ikkinchi qismi aslida juda poetik boʻlsada, oʻquvchilarga unchalik tanish emas.
Bu asarda Ikkinchi jahon urushida Nyu-Mexikodan Meksikaga sayohat qilgan yosh kovboyning mojarolari haqida soʻz boradi.
Xaruki MURAKAMI. «Besarhad moʻjizalar mamlakati va dunyoning oxiri»
Bu roman yozuvchining “Norvegiya oʻrmoni” asarining bestsellerga aylanmasidan ikki yil avval yozilgan. Unchalik mashhurlikka erishmagan bu asarda muallif, asosan, ikki narsaga eʼtibor qaratgan: besarhad moʻjizalar mamlakati va dunyoning oxiri. Asar nomini “Boshdan-oyoq moʻjizalar mamlakati” deya tarjima qilsak ham toʻgʻri boʻladi. Asar kutilmagan syujetlari bilan oʻquvchini oʻzida bir muddatgina ushlab tura olishi mumkin xolos.
Edgar Allan PO. «Janob Valdemarning boshiga kelgan balolar haqida»
Bu asarga roman emas, hikoya desak toʻgʻriroq boʻladi. Oʻlim ostonasidagi odamni transga solgan gipnozchi haqidagi bu asar xuddi ilmiy hisobot kabi oʻqiladi. 1845-yilda “Nyu-York” jurnalida chop qilinganidan keyin kitobxonlarning koʻpchiligi asardagi hodisalarni haqiqatday qabul qiladi. Aslida esa yozuvchi ham shunga urinadi. Yozuvchi asarining doim tahayyul mahsuli ekanini yashirishga harakat qilgan.
Jorj ORUELL. “Ruhoniyning qizi”
Oʻzining, ehtimol, eng katta tanqidchisi hisoblangan Jorj Oruell “Ruhoniyning qizi” asarini bemaʼni asar deya atab oʻlimidan keyin chop etilmasligini talab qiladi. Yozuvchi oʻziga juda talabchan edi. Shuning uchun ham balki hech bir tanqidchi asarlariga uning oʻzichalik tanqidiy yondashmagan.
Biroq kasalligi tufayli koʻchaga chiqishga majbur boʻlgan, shu paytgacha uydan chiqmagan ayolning qismatidan soʻz yuritgan bu asar, aslida, u qadar yomon asar emas.
Stiven KING. «Taxminan avtomobil kabi»
Yozuvchining bu asarida boshqa asarlaridagidek voqealar tez suratda rivojlanmaydi, King oʻquvchini mushtoq qiladi va uni asarning qaysi janrda bitilgani masalasida qatʼiy qarorga kelishiga yoʻl qoʻymaydi. U asar qahramonlari xarakterini ustalik bilan chizadi, ularni shunday dahshatli kulminatsiya nuqtasiga chiqaradiki, bu esa yetarlicha isteʼdodi boʻlmagan qaysidir boshqa yozuvchining qalamidan toʻkilsa, balki soxta boʻlardi.
Grem GRIN. “Yollanma qotil”
“Yollanma qotil” muallifning “Brayton zavodi” asarining yana ham aniqroq ochib berilgan variantidir. Ehtimol, bu asarlarchalik bir-biriga yaqin asar boshqa topilmasa kerak. Faqatgina bir farq, ikkinchi kitobda hodisalar boy gangster hayotidan, ikkinchi kitob xalqaro josus qismatidan xabar beradi.
Jeyms SELTER. “Kassada”
Selter 88 yoshida “Bor boʻlgan har narsa” nomli oltinchi romani bilan shuhrat qozonadi. Ammo “Kassada” romani ham katta maroq bilan oʻqiladi.
Roman 1950-yillarda Olmoniyaga harbiy xizmatga yuborilgan amerikalik harbiy uchuvchi haqida. Oʻzi oʻtmishda uchuvchi boʻlgan yozuvchi asardagi hodisalarni gʻayrioddiylik ila tasvirlaydi va roman intihosida, tanqidchilarning soʻzi bilan aytadigan boʻlsak, kutilmagan harbiy uchish halokatiga uchraydi.
Tarjimon va toʻplovchi:
Maqsuda Yoʻldoshova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring