Mashhur rejissyor va aktyor Takeshi Kitano Toshkent kinofestivalining maxsus mehmoni boʻladi
Rejissyor, mashhur aktyor va isteʼdodli ssenariynavis, shuningdek, shafqatsiz yakudza arxetipi, konservativ yapon jamiyatining provokatori, zamonaviy kinoning eng koʻzga koʻringan namoyandalaridan biri Takeshi Kitano kinofestivalning maxsus mehmoni boʻladi.
Kitano ijodiy uchrashuvlarda qatnashadi, shuningdek, tomoshabinlarga oʻzining eng mashhur kartinalaridan biri – “Sonatina”ni taqdim etadi. Kartina koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan va haqli ravishda rejissyorning eng yaxshi asarlaridan biri hisoblanadi. Namoyish 17-sentyabr kuni yaqinlashib kelayotgan Butunjahon kino kunlari doirasida boʻlib oʻtadi. Namoyish tugallangach, film rejissyori bilan birgalikda drama muhokamasi boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, “Yaponiya kino kunlari” doirasidagi filmlar namoyishi Oʻzbekiston va Yaponiya elchixonalari koʻmagida tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring