Mart oyida Qibray tumanida quvvati 230 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi
Prezidentimizning tegishli qarorlariga muvofiq yurtimizda yangi, zamonaviy issiqlik elektr stansiyalar qurilib, bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.
Energetika vazirligi matbuot xizmatiga koʻra, joriy yilning oʻtgan uch oyi davomida mamlakatimizning 3 ta viloyatida umumiy quvvati 684 MVt boʻlgan 3 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.
Birinchisi, joriy yil 11-yanvar kuni Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 MVt boʻlgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;
Ikkinchisi, 14-yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz qurilmasi;
Uchinchisi, 10-mart kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.
Ushbu 3 ta elektr stansiya yiliga 5 milliard 600 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 725 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qoʻshimcha 2 milliard 700 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.
Maʼlumot uchun: mart oyi yakuniga qadar Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 MVt boʻlgan navbatdagi, yaʼni 4-chi yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring