Marsda 1,5 ming kun yoxud NASA noodatiy selfini eʼlon qildi
Foto: NASA
NASAning “Perseverance” nomli Marsdagi roboti Mars yuzasida oʻtkazgan 1500-kunini esdalik selfi bilan nishonladi. Ushbu suratda noodatiy holat yuz berdi. Selfi orqa fonida chang boʻroni (Marsdagi “Dust devil”) ham tasvirga tushib qoldi. Bu haqda markaz oʻz veb-saytida xabar berdi.
Qayd etish kerakki, robot hozirda Jezero krateridagi “Witch Hazel Hill” nomli hududda tadqiqot olib bormoqda. Mutaxassislarning aytishicha, surat yaxshi yoritilgan va atmosfera ochiq boʻlgani tufayli 5 kilometr uzoqlikdagi chang boʻroni ham yaqqol koʻringan. Bu surat orqali olimlar robotning umumiy holati, chang bosgani va uskunalarining ishlashini ham tekshirishdi.
Selfi maxsus kamera — “WATSON” yordamida robotning “qoʻli” bilan olingan 59 ta suratdan yigʻildi. Suratda robotning “koʻzi” ham kamera tomon qarab turadi. Bundan tashqari, rasmda robot oxirgi burgʻulagan joy — “Bell Island” ham koʻrinib turibdi.
“Perseverance” hozirgacha Marsda taxminan 36 km yurdi, 37 ta toshni oʻrgandi va 26 ta tosh yadrosidan namuna oldi. Mutaxassislar robot hali ham yaxshi ishlayotganini, barcha tizimlari “yashil” holatda ekanini maʼlum qilishdi.
Hozirda robot “Jezero” kraterining gʻarbiy qismidagi yangi hudud — “Krokodillen” atrofida izlanish olib bormoqda. NASA bu ishlar kelajakdagi ilmiy tadqiqotlar uchun juda foydali boʻlishini bildirdi.
Muslima Sherzodbekova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring