Marokash terma jamoasi FIFA Arab kubogi musobaqasida gʻolib boʻldi
Kecha, 18-dekabr kuni FIFA Arab kubogi musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtdi. Qatardagi “Lusail” stadionida boʻlib oʻtgan bahs Marokash terma jamoasining 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan tugagan edi. Ammo qoʻshimcha boʻlimlarda Afrika vakili gʻalabani ilib ketdi.
Marokash terma jamoasi safida gollarga Saudiya Arabistoni chempionatidagi oʻyinlari bilan koʻpchilikka tanish boʻlgan Abdulrazzoq Hamdalla (2 ta) hamda Usoma Tannane mualliflik qildi. Iordaniya terma jamoasining javob gollari esa Ali Olvon hisobiga yozildi.
Shu tariqa Marokash terma jamoasi FIFA Arab kubogi musobaqasining gʻolibi boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring