Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan universitet

Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»
Davlatimiz rahbarining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etilgan edi.
Bugungi kunga kelib Jamoat xavfsizligi universiteti oʻz taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.
Universitet eng sara oliy, oliy harbiy va ilmiy tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Universitet boshligʻi, taniqli huquqshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist, 2-darajali Shon-sharaf ordeni sohibi, yuridik fanlari doktori Mirzayusup Xakimovich Rustambayev.
Universitetda 15 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 8 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kunduzgi va sirtqi shakllarida kadrlar tayyorlanadi.
2021-yildan boshlab Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va talabalarni 1-yillik magistraturada oʻqitish yoʻlga qoʻyilib, uning diplomi Qurolli Kuchlar va Ichki ishlar vazirligi Akademiyalari magistraturasi va xorijiy mamlakatlar harbiy akademiyalarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomlarga tenglashtirildi.
Universitetda jahon tajribasida noyob boʻlgan, Oʻzbekiston tarixida ilk marta yoʻlga qoʻyilgan harbiy taʼlim muassasasida umumfuqaroviy asosda talabalarni oʻqitish yoʻlga qoʻyildi va bugungi kunda 100 dan ziyod talabalar eng ustuvor taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olishmoqda.
Universitetda Milliy gvardiya va Qurolli Kuchlarning barcha kuch tuzilmalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun sirtqi shaklda kadrlar tayyorlanadi.
Universitetda 5 ta fakultet, 18 ta kafedra hamda magistratura boʻlimi faoliyat yuritmoqda.
Universitet kafedralaridagi ilmiy daraja va unvonga ega kadrlar soni 145 nafardan iborat boʻlib ilmiy salohiyat 75 foizni tashkil etadi.
Universitetda 44 nafar fan doktori (DSc), 95 nafar fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), 29 nafar professor, 103 nafar dotsentlar taʼlim oluvchilarga dars berib kelishmoqda.
Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining qarori bilan yuridik va harbiy fanlar boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi doimiy tartibdagi ochiq va yopiq Ilmiy kengashlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Universitetda oxirgi yillarda xalqaro aloqalar tobora rivoj topayotgan boʻlib, Universitet va 24 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida anglashuv memorandumlari, shartnoma va bayonnomalar imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori asosida 2023-yildan boshlab, universitetda xorijiy davlatlarning harbiy kadrlarini oʻqitish tizimi joriy etildi.
Bugungi kunda Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikalaridan universitetda tahsil olish uchun takliflar mavjud.
Universitetda Milliy gvardiya, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va oliy taʼlim muassasalaridan jami 400 nafarga yaqin mustaqil izlanuvchilar faoliyat olib bormoqda.
Oxirgi 5-yilda universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan 229 ta yangi avlod darsliklari va 450 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlandi.
Oxirgi toʻrt yil mobaynida universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Sud va boshqa davlat idoralariga qonun hujjatlari boʻyicha 400 dan ortiq takliflar berilgan.
Konstitutsiyaviy islohotlarda universitet professor-oʻqituvchilari faol ishtirok etishmoqda. 2 nafar konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari, 4 nafar ekspertlar, 20 nafardan ortiq targʻibot guruhi ekspertlari xalqimizga konstitutsiyaviy oʻzgarishlarni yetkazishda jonbozlik koʻrsatmoqdalar.
Soʻnggi ikki yilda Universitetda davlat granti mablagʻlari asosida 2 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 22 ta ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlari amalga oshirildi, 2 ta konstruktorlik loyiha patentlandi, 45 ta mualliflik guvohnomalari olindi, 927 ta ilmiy maqola (ulardan 210 ta xorijiy nashrlarda, jumladan 41 ta Scopus va Web of Science bazasidagi jurnallarda), 2098 ta tezislar ilmiy anjumanlar toʻplamlarida nashr etildi.
2021–2023-yillarda Universitet harbiy xizmatchilaridan 32 nafari, xizmatchilaridan 5 nafari fan doktori va falsafa doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildilar; 46 nafari, xizmatchilaridan 12 nafari professor va dotsent ilmiy unvonini oldilar.
Respublikamizdagi 159 ta oliy taʼlim muassasalari tinglovchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Ilhom 2022” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida kursant Sh.Muxammadxonov gʻolib boʻlib, Prezident sovgʻasi - “Spark” avtomobiliga sazovor boʻldi.
Shuningdek, 2023-yilda kapitan Yusup Mambetsharipov tomonidan "Mard o'g'lon" davlat mukofoti qo'lga kiritildi.
Universitetda 3 nafar xalqaro toifadagi sport ustalari, 2 nafar jahon chempioni hamda Yevro va Osiyo chempioni boʻlgan harbiy xizmatchilar oʻqish va xizmat faoliyatini olib borishmoqda.
Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring