Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Trampga suiqasd uyushtirilishida Maxfiy xizmatni aybladi

Maxfiy xizmat AQSH prezidentligiga respublikachi nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirilishida javobgar. Chunki ular xavfsizlikni nazorat qilish boʻyicha tegishli ishlarni bajara olmagan. Bu fikrlarni Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Larri Jonson aytib oʻtdi.
Unga koʻra, xizmat nafaqat tadbir oʻtkaziladigan joyni, balki butun perimetrni toʻliq tekshirishi kerak edi.
“Bunday vaziyatlarda siz barcha yoʻnalishlardan kamida 500 yard (taxminan 457 metr) masofada potensial oʻq uzishi mumkin boʻlgan odamlarni koʻrishingiz kerak edi”, deydi u oʻq uzilgan uyning tomida agent boʻlishi kerakligini qoʻshimcha qilib.
Manbalarga koʻra, oʻq uzgan shaxs va Tramp oʻrtasidagi masofa taxminan 130 metr boʻlgan.
Shu oʻrinda Jonson Maxfiy xizmatni qobiliyatsiz yoki suiqasdni rejalashtirishda ishtirok etgan, degan xulosaga keldi.
Avval xabar berganimizdek, kecha AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida yuz berdi. Tramp qulogʻidan yaralandi va xavfsizlik xizmati xodimlari qurshovida voqea joyini tark etdi.
Maxfiy xizmat oʻq uzgan odamni oʻldirdi. Hodisa oqibatida saylovoldi miting ishtirokchilaridan biri halok boʻldi, yana ikki nafari ogʻir yaralandi. Trampni oʻldirmoqchi boʻlgan shaxs pensilvaniyalik 20 yoshli Tomas Metyu Kruks boʻlib chiqdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring