Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan ferromolibden ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida ilk bor ferromolibden ishlab chiqarish texnologiyasi joriy etildi va toʻliq ishga tushirildi. Bunda ferromolibden mahsuloti molibden ishlab chiqarishda paydo boʻladigan molibden tarkibli chiqindilarni qayta ishlash asosida olinmoqda.
Ferromolibden 50-70% molibdenni oʻz ichiga olgan qotishma boʻlib, zanglamaydigan, issiqlikka chidamli, rangli metallarning ogʻir qotishmalari, maxsus turdagi poʻlatlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Quyma temirga qoʻshilganda uning kuchini oshiradi. Ferromolibden qoʻshimchalari poʻlatning xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilab, nozik kristalli tarkibning bir xilligi, qizib ketishga qarshiligi va qattiqligini, shuningdek, metallarning kislotaga bardoshligini oshiradi.
Dunyo tajribasida ferromolibden qum asosiga oʻrnatilgan eritish moslamasida, kuygan molibden konsentratidan molibdenni metall qaytaruvchi vosita bilan aralashmada yuklash va eritish orqali metallotermik usul orqali olinadi. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida esa yangi texnologiya joriy etilib, ferromolibdenni kukun holatida ishlab chiqarish orqali uning yuqori sifatli boʻlishiga erishildi.
Buning asosida oyiga 2000 kg ferromolibden ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilib, 5500 kg hajmda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yetkazib berildi. Bugungi kunda ichki va tashqi bozorlar, jumladan Yaponiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Xitoy, Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikasi bozorlari oʻrganilmoqda.
Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini 2030-yilga qadar rivojlantirish dasturiga muvofiq 2025-yilga kelib 170 mlrd. soʻm qiymatda ferromolibden mahsulotini ishlab chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring