Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlament aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan xorijiy davlatlar va Koreya Respublikasi parlament aʼzolari Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi yirik tarixiy-maʼrifiy majmua boʻlib, uning faoliyati islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, har tomonlama oʻrganish va jahon hamjamiyatiga namoyon etishga qaratilgan.
Mehmonlar “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans” hamda “Yangi Oʻzbekiston — Yangi Renessans” ekspozitsiyalari bilan tanishdi. Parlament aʼzolariga Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk mutafakkirlarning jahon ilm-fani rivojiga qoʻshgan hissasi haqida soʻzlab berildi. Shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va Temuriylar kabi tarixiy davrlarga oid noyob qoʻlyozmalar, osori-atiqalar va manbalar namoyish etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring