Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakuniga yetdi
Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlarining tarixiy sammiti yakunlandi.
Bugun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston Prezidentlari ishtirokida oʻtgan Maslahat uchrashuvida davlat rahbarlari Ozarbayjon Respublikasini ushbu formatga toʻla huquqli ishtirokchi sifatida qoʻshilishi toʻgʻrisida qaror qabul qildilar.
Uchrashuvda soʻzga chiqqan ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari mintaqaviy sheriklikni yanada mustahkamlash boʻyicha muhim tashabbuslarni ilgari surdilar. Yakunda koʻp tomonlama hujjatlar imzolandi.
Sammit doirasida 15-noyabr kuni davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Shu kuni Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning mamlakatimizga davlat tashrifining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Tadbir dasturidagi voqealar yakunlangach, “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Ozarbayjon Prezidentlarini samimiy kuzatib qoʻydi. Ular oʻz yurtlariga joʻnab ketdilar.
Ertaga, 17-noyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning mamlakatimizga davlat tashrifining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring