Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari bilan uchrashuv
Markaziy harbiy okrug maʼnaviyat va maʼrifat markazida Samarqand viloyat hokimi E. Turdimovning harbiy xizmatchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi tinglovchilari, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Askarlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etishi bilan boshlangan tadbirda viloyat hokimi harbiylarni bayram bilan qutladi. Shundan soʻng ishtirokchilarga milliy armiyamizda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazidan yetishib chiqqan kichik mutaxassislarning oʻrni va vazifasi, markazda yaratilgan sharoitlar haqidagi videorolik namoyish etildi.
“Vatanparvarlik oyligi” doirasida oʻtkazilayotgan uchrashuvda viloyat hokimi yosh harbiylar bilan sohadagi oʻzgarishlar, yangilanishlar xususida muloqot oʻtkazdi.
Ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda yosh askarlar oʻz fikr-mulohazalari,talab va takliflarini bildirishdi.
Abdulaziz Yoʻldoshev “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring