Markaziy Fargʻona suv omborida kichik GES quriladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan elektr energiyasi sarfini kamida 20 foizga iqtisod qilish, bu borada muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish boʻyicha 14 ta yoʻnalishda alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Joriy yilda viloyatda 1 mlrd 534 mln kVt elektr energiyasini iqtisod qilish rejalashtirilgan. Shu yilning oʻtgan davrida 36 mVt quyosh panellari oʻrnatilib, ishga tushirildi.

Hozirda Yozyovon tumanida joylashgan Markaziy Fargʻona suv omborida mini GES qurish, shamol turbinalari oʻrnatish boʻyicha Fargʻona politexnika instituti olimlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
— Ayni paytda Yozyovon tuman hokimligi, elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda loyihaning samarali jihatlari oʻrganilyapti, — deydi Fargʻona politexnika instituti dotsenti Sardorbek Yusupov. — Xususan, oʻrganishlar davomida suv ombori hududida 1400 ta kichik shamol turbinalari oʻrnatish orqali soatiga 700 mVt muqobil energiya manbasi olish mumkinligi hisob-kitob qilindi.

Dastlabki bosqichda 10 ta kichik shamol turbinasi oʻrnatilib, uning qanday samara berishi oʻrganiladi. Ushbu tajriba kutilgan samarani bersa, yaqin istiqbolda loyiha toʻliq amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring