Markaziy bank 20 ta tijorat bankini ogohlantirdi
Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi iyul oyidagi yigʻilishlarida (8-marta) 59 ta masalani koʻrib chiqdi va ular boʻyicha tegishli qarorlarni qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 51 ta masala, jumladan:
- kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (12 ta);
- toʻlov tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgarganligi munosabati bilan toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish (12 ta);
- tijorat banklarining chet elda vakolatxona ochishga ruxsatnoma berish (1 ta);
- mikromoliya tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish (1 ta);
- tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini koʻrib chiqishga doir (21 ta) masalalar koʻrildi.
Shu bilan birga, toʻlov tizimi operatori (1 ta) hamda toʻlov tashkiloti faoliyatini (3 ta) amalga oshirish uchun berilgan litsenziya chaqirib olindi.
Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 8 ta masala — Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, mikromoliya tashkilotida oʻtkazilgan tekshirishlar natijasi ham muhokama qilindi.
Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining ustav fondi va tashkiliy-huquqiy shakliga qoʻyilgan talablarga rioya qilmaganligi uchun 13 ta toʻlov tizimlari operatorlari hamda toʻlov tashkilotlariga nisbatan chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.
Shuningdek, amalga oshirilgan nazorat tadbirlari davomida banklar tomonidan isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda amaldagi qonunchilikka rioya qilinmaganligi uchun 20 ta tijorat banki ogohlantirildi.
“Bundan tashqari, qoʻmita tomonidan bank tizimi barqarorligini saqlash, omonatchilar va investorlar huquqlarini himoya qilish tamoyilidan kelib chiqib, tijorat banklari boshqaruvlari va mikromoliya tashkilotlari rahbariyatlariga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, ular boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, oʻrnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatini sogʻlomlashtirishga qaratilgan talablarga rioya qilish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring