Marhamatda yangi poliklinika ish boshladi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Marhamat tumanidagi “Polvontosh” shaharchasi poliklinikasi mutlaqo yangi qiyofa va sharoitda qayta ish boshladi. Buning uchun 2 mlrd. 400 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
— Poliklinikamiz 1949-yilda qurilgan boʻlib, bugungi kun talabiga mutlaqo javob bera olmay qolgan edi, — deydi mehnat faxriysi Abdurahmon Isoqov. — Uni taʼmirlash uchun “Tashabbusli byudjet” loyihasida ovoz toʻplab, gʻolib boʻldik. Taʼmirlash ishlari amalga oshirilgach, respublika sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yangi jihozlar ajratildi. Natijada tibbiyot xodimlari zamonaviy binoga, aholi esa barcha sharoitga ega boʻlgan tibbiy xizmatga ega boʻldi.
46 nafar tibbiyot xodimlari bilan 16 ming nafar aholiga sifatli xizmat koʻrsatib kelayotgan ushbu poliklinika polvontoshliklarning hamjihatligi ifodasi sifatida ham shaharchaga fayz berib turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring