“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

21:02 29 Iyun 2022 Siyosat
1497 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish va uning xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan fidoyi va mard oʻgʻlonlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari tantanali vaziyatda topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

 


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh.Mirziyoyev

 

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

ROʻYXATI

 

Kalbayev Arislanbek Bazarbayevich - Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Mamutov Sherzod Azamatovich - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Abduraxmonov Akmaljon Yunusbek oʻgʻli - Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi (Andijon viloyati)

Muxammadjonov Xojiakbar Zafarjon oʻgʻli - Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)

Qoʻshayev Sharif Ergashevich - Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi guruh katta mutaxassisi (Buxoro viloyati)

Rajabboyev Lazizbek Zafarjonovich - Qorakoʻl tumanidagi Xalqaro matematika maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Buxoro viloyati)

Rahmatov Murodjon Abdusamat oʻgʻli - Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Rashidov Uchqun Roʻzimurod oʻgʻli - Jizzax shahridagi “Eagle Consulting Invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori (Jizzax viloyati)

Qobilov Jurabek Musurmon oʻgʻli - Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish boʻlimi qutqaruvchisi (Qashqadaryo viloyati)

Raxmatov Anvar Raxmat oʻgʻli - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 4-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Babayev Mirdodojon Sharofjon oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi tayanch doktoranti (Navoiy viloyati)

Qurbonov Oybek Muhammatqulovich - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining konchilik fakulteti oʻqituvchisi (Navoiy viloyati)

Mamadaliyev Komron Ulugʻbek oʻgʻli - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Mirzaumidov Asilbek Shuxratjonovich - Namangan muhandislik-texnologiya institutining texnologik mashina va jihozlar kafedrasi katta oʻqituvchisi (Namangan viloyati)

Nurmamatov Asliddin Fazliddinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh komandiri oʻrinbosari (Samarqand viloyati)

Samadov Aziz Ilxomovich - Samarqand shahridagi “Secure Trucks” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari (Samarqand viloyati)

Musirmonov Tursunmurod Bahodir oʻgʻli - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Xayitboyev Yorqinjon Oʻrmonali oʻgʻli - Guliston davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Abduraxmonov Abdumalik Abdumanom oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Surxondaryo viloyati)

Tojiyev Dilmurod Bahodir oʻgʻli - Toshkent davlat agrar universitetining 2-bosqich magistranti (Surxondaryo viloyati)

Abduraimov Yelnur Nurgaliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchisi (Toshkent viloyati)

Turdiyev Alisher Gʻulom oʻgʻli - Nurafshon shahridagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabining akademik eshkak eshish boʻyicha murabbiysi (Toshkent viloyati)

Ismoilov Ulugʻbek Ilxomjon oʻgʻli - Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich magistranti (Fargʻona viloyati)

Qayumov Muhammadlaziz Ibroximjon oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi (Fargʻona viloyati)

Abdikarimov Faxriddin Baxrom oʻgʻli - Xorazm Maʼmun akademiyasining tayanch doktoranti (Xorazm viloyati)

Cabirov Shahzod Qudrat oʻgʻli - Urganch shahridagi “Data Union” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori (Xorazm viloyati)

Jamolov Azimjon Ravshan oʻgʻli - Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Toshkent shahri)

Stetsenko Nikita Andreyevich - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Toshkent shahri)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?