Fargʻonada “Maqom kechalari” boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali” doirasida Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar Musiqali drama teatri oldida ilk bora “Maqom kechalari” boʻlib oʻtdi.
Konsert dasturi Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tashabbusi bilan tashkil etildi.
Dastlab, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov musiqiy kechani ochib berdi va festival doirasidagi eng muhim loyihalardan biri bu “Maqom kechalari” ekanini taʼkidladi. Shuningdek, mazkur loyihadan kutilayotgan natijalar, maqom sanʼatining farzandlarimiz tarbiyasidagi roli haqida fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

“Maqom kechalari” musiqiy kechasi davomida Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali “Maqom” ansambli, Oʻzbekiston xalq artisti Munojat Yoʻlchiyeva, Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi professori Salohiddin Azizboyev, Zafar Baxshi ijrosida 30 ga yaqin oʻzbek milliy maqom sanʼati namunalari tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilindi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, “Maqom kechalari” nomli musiqiy dasturlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Jami 14 ta hududdan konsert dasturiga 700 dan ortiq xonanda va sozandalar qatnashishi, 200000 dan ortiq aholi qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring