“Manchester Yunayted”ni boshqarish uchun asosiy nomzod aniq boʻldi

11:53 07 Yanvar 2026 Sport
247 0

“Manchester Yunayted”ni Ule-Gunnar Sulsher boshqarishi mumkin. Bu haqda “The Athletic” nashri jurnalisti Devid Ornshteyn xabar berdi.

Unga koʻra, “Manchester Yunayted”ning sobiq murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher “qizil iblislar” murabbiyligiga birinchi raqamli nomzod boʻlib turibdi.

Klub Sulsherni vaqtinchalik murabbiy sifatida koʻrib chiqmoqda. Xabarlarga koʻra, kecha “Manchester Yunayted” rahbariyati va norvegiyalik murabbiy oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, Ule-Gunnar Sulsher “Qizil iblislar”ni 2018-yildan 2021-yilgacha boshqargan. Uning bosh murabbiyligida jamoa 168 ta oʻyinda ishtirok etgan va bu bahslarning 91 tasida gʻalaba qozongan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?