“Manchester Siti” oʻrtoqlik oʻyinida gʻalaba qozondi
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik koʻrayotgan “Manchester Siti” klubi kecha Angliya chempionshipi vakili “Preston” jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi.
Jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola barcha futbolchilarning holatini bilish maqsadida 2 ta boʻlimda 2 xil tarkibni maydonga tushirdi. Abduqodir Husanov ushbu oʻyinning birinchi boʻlimida maydonda harakat qildi.
Oʻyin 1:0 hisobida “shaharliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda kiritilgan yagona golga 20 yoshli himoyachi Riko Lyuis mualliflik qildi.
Eslatib oʻtamiz, “Manchester Siti” uchun yangi mavsum 16-avgustdan boshlanadi. Oʻsha kuni Gvardiola jamoasi APL birinchi turi doirasida “Vulverxempton” klubi mehmoni boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring