«Manchester Siti» futbolchisini otasi oʻgʻlining golidan bir necha daqiqa oʻtib vafot etgan

01:56 17 Sentyabr 2021 Sport
1190 0

Foto: @nathanake/Instagram

«Manchester Siti» futbolchisining otasi oʻgʻlining golidan bir necha daqiqa oʻtib vafot etgan

Angliyaning «Manchester Siti» klubi va Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Natan Akening otasi oʻgʻlining Chempionlar ligasidagi golidan bir necha daqiqa oʻtib vafot etgan. 

“Chempionlar ligasidagi birinchi golimni kiritdim. Va bundan bir necha daqiqa oʻtgach otam hayotdan koʻz yumibdi”, deydi futbolchi.

Futbolchining aytishicha, fojia Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi Germaniyaning “Leypsig” klubiga qarshi oʻyin vaqtida yuz bergan.

“Soʻnggi bir necha hafta mening hayotimdagi eng ogʻir boʻldi. Otam juda ogʻir kasallik bilan ogʻridi. Afsuski, mutaxassislar uni davolanishning imkoni yoʻqligini aytishdi”, deydi Ake.

“Otam doim oʻyinimdan faxr va gʻurur tuyardi. Siz doim yuragimda qolasiz. Bu gol sizga atalgan ota”, deb yozgan futbolchi oʻzining «Instagram»dagi sahifasida.

Chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi turi doirasida oʻtkazilgan uchrashuvda «Manchester Siti» “Leypsig”ni 6:3 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvning 16-daqiqasida Natan Ake hisobni ochgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?