Maʼnaviyat va madaniyat karvoni – Xorazmda
Foto: Xalq so‘zi
Xorazm viloyatida «Yangi Oʻzbekiston – inson qadri ulugʻlangan yurt “ shiori ostida maʼnaviy-madaniy targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. El suygan ijodkorlar, sanʼat va madaniyat namoyandalari, yozuvchi va shoirlar, ilm ahli vohaning shahar va tumanlarida boʻlib, aholi bilan uchrashmoqda, yuzma-yuz muloqotlar diltortar konsert dasturlariga, sheʼrxonlikka ulanmoqda.

— Xuddi daraxt ona zamindan kuch olib, koʻkka boʻy choʻzgani kabi sanʼatkor ham xalq ichida yursa, maʼnaviy quvvat oladi, yangi ijodiy gʻoyalar paydo boʻladi, — deydi Oʻzbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov. — Xorazm viloyatining eng olis hududlarida oddiy, samimiy insonlar davrasidagi dilkash suhbatlarimiz, muxlislarimiz bilan birgalikda ijro etgan kuy-qoʻshiqlar oʻziga xos maʼnaviyat va sanʼat bayramiga aylanib ketdi. Ochigʻi, shunday uchrashuvlarni, qishloq havosini juda sogʻingan ekanmiz.
Urganch shahrining “Yangi hayot” mahallasida yashovchi Farangizning uyiga bu safar qon-qarindoshlar emas, taniqli sanʼatkorlar mehmon boʻlib kelishdi. Maʼnaviyat targʻibotchilari imkoniyati cheklangan, ammo orzulari bir olam bu qizcha bilan suhbat qurib, oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara namunalaridan iborat kitoblar toʻplamini sovgʻa qilishdi.
Poytaxtdan kelgan mehmonlarning Aliakbar Sodiqov va Oltinoy Rahimova tomonidan tashkil qilingan oilaviy bolalar uyiga tashrifi ham bolajonlarga bir olam quvonch hadya etdi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring