“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning ellik toʻrtinchi yalpi majlisida “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Qonunning asosiy maqsadi maʼmuriy aktlarni qabul qilish, oʻzgartirish, ijro etish va bekor qilishga qaratilgan maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi aniq qilib belgilanib, vazifalari tushunarli tarzda bayon etilmoqda.

Shuningdek, ushbu Qonunning qoʻllaniladigan sohasi kengaytirilib, Qonun soliq, bojxona, davlat nazorati va tekshiruvi, fuqarolarning pensiya taʼminoti, harbiy roʻyxatga olish va harbiy xizmatga chaqirish, shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalarini ajratish va olib qoʻyish kabi tartib-taomillarga nisbatan tatbiq etilishi belgilanmoqda.
Qonun oʻzboshimchalikni va vakolatning suiisteʼmol qilinishini taqiqlash, huquqni qoʻllashni rad etishga yoʻl qoʻymasligi kabi yangi prinsiplar bilan boyitilib, amaldagi prinsiplarga aniq va toʻliq taʼriflar berilmoqda.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat organlari oʻrtasidagi munosabatlarni aniq belgilashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga davlat organlari xodimlari tomonidan yetkazilishi mumkin boʻlgan noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilishga, maʼmuriy tartib-taomillarning yagona mexanizmi yaratilishiga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.





Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring