Mamlakatimizda taekvondo WTF bo‘yicha 16-"Bek Mun Jong" an’anaviy xalqaro turniri start oldi

15:52 27 May 2025 Sport
135 0

Ushbu xalqaro turnirda O‘zbekiston, AQSH, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘istondan jami 800 nafardan ortiq sportchilar o‘zaro bahslarga kirishdi. Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ham 30 nafar taekvondo yo‘nalishi talabalari ishtirokchi hamda 20 nafari hakam sifatida qatnashmoqda.

Turnir doirasida universitetga Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlari, taekvondo assotsiatsiyasi hamda Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mazkur xalqaro turnir doirasida universitet rektori Rashid Matkarimov va xorijiy mehmonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda universitetlar o‘rtasida taekvondo sportini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash hamda universitet hududida Koreya investitsiya mablag‘lari hisobidan qurilishi rejalashtirilayotgan Taekvondo sport majmuasi loyihasi, shuningdek, talabalar almashinuvi hamda hamkorlikda tashkil etilayotgan qo‘shma ilmiy loyihalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, 16-"Bek Mun Jong" an’anaviy xalqaro turniri 2025-yil 28-may sanasiga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер