Mamlakatimizda ilk bor koʻrish qobiliyati zaif odamlar uchun tiflosharhlash usulidan foydalangan holda xokkey oʻyini uyushtirildi
Kecha Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan “Humo” xokkey klubi bilan hamkorlikda “Humo Arena” muz majmuasi koʻmagida mamlakatimiz tarixida ilk bor koʻrish qobiliyati zaif odamlar uchun tiflosharhlash usulidan foydalangan holda xokkey oʻyini uyushtirildi.
Shu tariqa, koʻplab koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar oʻz tasavvurida tiflosharhlovchi tomonidan aytib turilgan tasavvurlarni tasvirlab, sportning ajoyib olamini kashf eta olishdi va oʻyin muhitiga shoʻngʻishdi.
Natijada Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi koʻmagida real vaqt rejimida sportni tiflosharhlash amaliyoti paydo boʻldi, bu esa koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi insonlar uchun sport tadbirlarini yanada qulayroq qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring